Olimlar ogʻriqni jarrohlik amaliyotisiz davolash uchun mitti qurilma yaratdi
Abu-Dabida yaratilgan yangi texnologiya ukol orqali nervlar faolligini boshqarish imkonini beradi, deb xabar qiladi Habr.

Urugʻdek keladigan qurilma oddiy igna orqali tanaga kiritilib, nerv yoniga joylashtiriladi. U elektr signallarini yuboradi, bu signallarni esa real vaqtda simsiz boshqarish mumkin.
Qurilma batareya, simlar yoki jarrohlik aralashuvini talab qilmaydi. Shifokorlar uning joylashuvini ultratovush yoki kompyuter tomografiyasi yordamida kuzatishi mumkin. Stimulyatsiya parametrlari har bir bemor uchun alohida sozlanadi.
Tadqiqot Science Advances jurnalida chop etildi. Professor Xalil Ramadi texnologiya nerv kasalliklarini davolashni osonroq, xavfsizroq va qulayroq qilishini taʼkidladi. Hozircha qurilma laboratoriya va klinikagacha boʻlgan sinovlardan oʻtdi, biroq uning surunkali ogʻriq va harakat buzilishlaridagi samaradorligi hali tasdiqlanmagan.


