Yoʻldosh Ksaviyer siklonida «koʻz» shakllanayotganini tasvirga oldi
2026-yil 16-noyabr kuni GOES-18 yoʻldoshi olgan suratlarda boʻronning rivojlanishi — uyushmagan bulutlar tizimidan markazida yaqqol koʻrinadigan koʻzga ega kuchli tropik siklongacha boʻlgan jarayon qayd etildi.

Bu haqda Viskonsin-Medison universitetining Kosmik tadqiqotlar va muhandislik markazi (CIMSS) mutaxassislari maʼlum qildi.
Mikrotoʻlqinli kuzatuvlar ham yaqqol yomgʻir tasmalari va siklonning barqaror tuzilmasi shakllanayotganini koʻrsatdi. CIMSS baholashiga koʻra, atigi 12 soat ichida uning intensivligi tropik boʻron yoki birinchi toifaga yaqin darajadan ikkinchi va uchinchi toifalar chegarasidagi koʻrsatkichlargacha oshdi.
Shu bilan birga, uzoq muddatli prognozlar «Ksaviyer»ning shu hafta oxirroq sezilarli darajada zaiflashishi mumkinligini koʻrsatmoqda. Meteorologik modellar uning keyingi yoʻnalishini turlicha baholamoqda: siklon Samoa orollaridan sharqroqda ham, shimolroqda ham oʻtishi mumkin. Mintaqa aholisi rasmiy meteorologik ogohlantirishlarni kuzatib borishi tavsiya etiladi.




