Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Oʻzbekistonlik sayyohlar uchun Qirgʻiziston eng mashhur xorijiy yoʻnalishga aylandi

2026-yil yanvar–oktabr oylarida 6,5 mln fuqaro sayyoh sifatida xorijga chiqdi

16-noyabr, 17:17

2026-yilning dastlabki oʻn oyida 6,5 mln Oʻzbekiston fuqarosi sayyohlik maqsadida xorijga chiqdi. Bu 2025-yilning shu davriga nisbatan 154,2 ming kishiga koʻp, deya xabar berdi Milliy statistika qoʻmitasi.

Qirgʻizistonga 2 983 680 kishi bordi. Keyingi oʻrinlardan Qozogʻiston — 1 183 775 kishi va Tojikiston — 1 092 184 kishi joy oldi. Eng mashhur yoʻnalishlar qatoriga shuningdek Rossiya (301 420 kishi), Turkiya (257 904 kishi), Saudiya Arabistoni (253 789 kishi), Birlashgan Arab Amirliklari (73 289 kishi), Xitoy (64 809 kishi), Misr (50 463 kishi) va Vyetnam (38 276 kishi) kirdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media