RUUZEN
Soʻnggi yangiliklarBugun: Dushanba, 12-oktabr 2026-yil
MB kursi1 USD 11897.90 UZS1 EUR 13336.36 UZS1 RUB 140.18 UZS
Reklama
Reklama
Oʻzbekiston

Toshkentning Yunusobod tumanida gaz bir kunga oʻchiriladi

«Hududgaz Poytaxt» filiali yuqori bosimli gaz quvurini koʻchirish ishlari olib borilishini maʼlum qildi. Shu sababli tumanning bir qismi gazsiz qoladi.

Muharrir: Азиза12-oktabr, 10:50

12 oktabr kuni poytaxtning Yunusobod tumanidagi ayrim aholi vaqtincha gaz taʼminotisiz qoladi. «Posira» mahallasida diametri 325 mm boʻlgan yerosti gaz quvurini koʻchirish ishlari sabab cheklovlar soat 10:00 dan 18:00 gacha amal qiladi.

«Obod» mahallasidagi 150 ta xususiy uy va «Posira» mahallasidagi Mikrorayon koʻchasida joylashgan 515 ta xonadonga gaz berish toʻxtatiladi.

Turar joylardan tashqari, EDEM, Dream Gaz va TRIUMPH ORIENTIR zapravkalarida ham gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi. Ushbu mahallalardagi bolalar uyi va 35 ta ulgurji savdo korxonasi ham oʻchirishdan taʼsirlanadi.

Texnik ishlar yakunlanganidan soʻng gaz taʼminotini bosqichma-bosqich tiklash rejalashtirilmoqda.

Manba: Nuz.uz

Yana oʻqing