Portugaliya Millatlar ligasida safarda Uelsni magʻlub etdi: Neto gol urdi va maydondan chetlatildi
Portugaliya terma jamoasi Millatlar ligasi oltinchi tur uchrashuvida safarda Uelsni 3:2 hisobida magʻlub etdi. Oʻyin «Cardiff City Stadium»da boʻlib oʻtdi.
18-noyabr, 11:29

skysports.com
Portugaliyaliklar 11-daqiqadayoq hisobni ochdi: golga Bruno Fernandes mualliflik qildi. Uelsliklar ikki daqiqadan soʻng javob qaytardi — Devid Bruks gol urdi. 40-daqiqada Sorba Tomas mezbonlarni oldinga olib chiqdi, biroq tanaffusga qadar, 43-daqiqada Pedro Neto hisobni tenglashtirdi.
Gʻalaba golini 70-daqiqada Karlos Forbs urdi. Koʻp oʻtmay portugaliyaliklar maydonda oʻn kishi boʻlib qoldi: Neto 72- va 74-daqiqalarda ketma-ket ikkita ogohlantirish oldi va maydondan chetlatildi.




