arXiv oyiga yuboriladigan maqolalar sonini ikkita bilan chekladi
Sunʼiy intellekt yaratgan sifati past ishlar oqimi va moderatorlar yuklamasi oshgani yangi cheklovga sabab boʻldi, deb yozadi arXiv.

Yangi tartib 2026-yil 1-oktabrdan kuchga kirdi: muallif bir oyda ikki marta ish yuborishi va bir vaqtda uchtagacha faol topshiriqqa ega boʻlishi mumkin. Rad etilgan yoki turli yoʻnalishlarga yuborilgan maqolalar ham oylik limitga kiradi. Bu tadqiqotchilardan konferensiya muddatlari va yigʻilib qolgan ishlarini oldindan rejalashni talab qiladi.
Platformaga 2026-yil sentyabrida 40 363 ta ish yuborildi. 2024-yil sentyabrida bu koʻrsatkich 20 569 ta boʻlgan, yuborilgan materiallar sabab xodimlar va moderatorlarga qariyb 9 000 ta murojaat kelib tushgan.
arXiv qoidalari sunʼiy intellektdan foydalanishga ruxsat beradi, biroq muallif bu haqda maʼlum qilishi va ish ilmiy talablar hamda mavzuga mos kelishini taʼminlashi kerak. Moderatorlar tor doiradagi, bitta tadqiqotni bir nechta maqolaga boʻlib yuborilgan va mazmuni cheklangan ishlar koʻpayganini qayd etgan. Platformada toʻliq ilmiy ekspertiza oʻtkazilmaydi: moderatorlar materialning belgilangan talablarga mosligini tekshiradi.

