Masharipov dzyudo boʻyicha yoshlar JChda oltin medal oldi
Dzyudochi Muhammadjon Masharipov Toshkentda oʻtayotgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 60 kg gacha vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi.
20-noyabr, 06:49

Masharipov turnirni Xitoy, Mongoliya, Braziliya va Tojikiston vakillari ustidan qozonilgan gʻalabalar bilan boshladi.
Finalda oʻzbekistonlik sportchi kattalar oʻrtasidagi Gran-pri turniri sovrindori, AQSh vakili Jonatan Yangni magʻlub etdi. Uning oltin medali Toshkentda davom etayotgan jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasining ilk medali boʻldi.




