Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 004,48EUR 13 155,71RUB 146,56Shanba, 21-noyabr 2026-yil
Sport

Sinner operatsiya qilinishi mumkin: tizzani konservativ davolash samara bermadi

Dunyoning ikkinchi raketkasi Yannik Sinner tizzasidagi jarohat boʻyicha mutaxassislar bilan maslahatlashish uchun AQShga yoʻl olmoqchi. Bu haqda Italiyaning Vanity Fair Italy nashri yozdi.

20-noyabr, 01:57
championat.com

Jurnal maʼlumotlariga koʻra, konservativ davolash hozircha “Katta dubulgʻa” turnirlarining besh karra gʻolibi kutgan samarasini bermadi. Italiyalik tennischi kortga hali ham qaytmadi: u toʻliq mashgʻulotlarni hanuz tiklagani yoʻq.

Sinner jamoasida hozircha operatsiya masalasi muhokama qilinmagan. Biroq oʻrta muddatli istiqbolda bunday ehtimol ham istisno etilmayapti: agar tizzadagi ogʻriq oʻtmasa va davolash ham samara bermasa, jarrohlar yordamisiz iloj boʻlmasligi mumkin.

Sinner 2026-yilgi Uimbldon turniridagi gʻalabasidan keyin birorta ham ATP turnirida oʻynamadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media