Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 002,10EUR 13 166,30RUB 146,02Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Kroger chakana savdo tarmogʻi uch yil ichida qariyb 3000 xodimini qisqartiradi

Bu qaror operatsiyalarni soddalashtirish va mijozlar bilan ishlaydigan xodimlarga investitsiya kiritishga qaratilgan, deya maʼlum qildi AQSh supermarketlar tarmogʻi bosh direktori Greg Foran. Bu haqda Business Insider yozdi.

13-oktabr, 11:31
Harrison Keely / Wikimedia Commons

Kroger uch yil davomida taxminan 3000 ta korporativ lavozim qisqartirilishini eʼlon qildi. Chakana savdo tarmogʻi AQShda Walmartdan keyingi ikkinchi yirik chakana sotuvchi hisoblanadi. Oʻzgarishlar kompaniyani yanada moslashuvchan va raqobatbardosh qilishga qaratilgan.

Walmart US kompaniyasining sobiq bosh direktori boʻlgan Foranning taʼkidlashicha, qisqartirishlar resurslarni doʻkonlar va onlayn xizmatlardagi xodimlarni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirish imkonini beradi. Uning soʻzlariga koʻra, texnologiyalar ish usullarini oʻzgartirmoqda va kompaniya bu oʻzgarishlarga moslashmoqchi.

Qisqartirishlar turli boʻlinmalarga taalluqli boʻladi va bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Xodimlarga dastlabki bildirishnomalarni yaqin oylar ichida yuborish rejalashtirilgan. Foran operatsiyalarni soddalashtirish qaror qabul qilishni tezlashtirishi va xaridorlar uchun narxlarni pasaytirishga yordam berishini taʼkidladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media