Xitoyning DeepSeek sunʼiy intellekti soʻrovlar va fayl hajmiga kunlik cheklov qoʻydi
DeepSeek foydalanuvchilari soʻrovlar, fayl yuklash va matn hajmiga cheklovlarni payqadi. Kompaniya oʻzgarishlarni hozircha izohlamadi, SI esa serverlar bandligini sabab qilmoqda.

Cheklovlar DeepSeek ilovasi va saytida paydo boʻldi, deya xabar berdi foydalanuvchilar. Ularning kuzatuvlariga koʻra, xizmat kunlik soʻrovlar soni va yuklanadigan fayllarning ruxsat etilgan hajmini qisqartirdi, matnning maksimal hajmi esa 40 000 belgigacha kamaydi.
Shuningdek, ayrim eski suhbatlar ham ochilmay qoʻydi: foydalanuvchi chatga yetti kundan ortiq vaqt kirmagan boʻlsa, DeepSeek hisoblash resurslari yetishmasligini sabab qilib, suhbatni davom ettirishdan bosh tortmoqda.
Kompaniya oʻzgarishlar sabablarini hozircha oshkor qilmadi. Oktabrdan beri DeepSeekʼda toʻliq ishlamaslikning sakkizta holati qayd etildi, biroq yangi cheklovlar ushbu nosozliklar bilan bogʻliqmi, nomaʼlum.




