Papa Lev XIV Amazoniyani va uning aholisini himoya qilishga chaqirdi
Rim papasi Lev XIV Peruga tashrifi chogʻida Amazoniyani asrash yoʻlida halok boʻlgan tabiat himoyachilari uchun adolat talab qildi. U Pukalpa shahrida tub xalqlar vakillari va missionerlar bilan uchrashdi.

Pontifikning eslatishicha, ekologik tashkilotlar hisob-kitoblariga koʻra, 2010 yildan 2024 yilgacha atrof-muhitni himoya qilgan 57 kishi oʻldirilgan. Uning soʻzlariga koʻra, tabiatga gʻamxoʻrlikni shu zaminda yashayotgan odamlarni himoya qilishdan ajratib boʻlmaydi.
Amazoniyaga oʻrmonlarning kesilishi, oltinning noqonuniy qazib olinishi va daryolarning ifloslanishi zarar yetkazmoqda. Lev XIV jamoalar huquqlarini hisobga oladigan va ularning yashash muhitini vayron qilmaydigan iqtisodiy rivojlanishga chaqirdi.
U tub xalqlarga mansub maktab oʻquvchi qizlarga nisbatan zoʻravonlikni, shuningdek, korrupsiya va jazosizlikni qoraladi. Jamoalar vakillari papaga zaif himoyalangan xalqlarni qoʻllab-quvvatlashni soʻrab maktub topshirdi. Ular iqtisodiy manfaatlar inson hayotidan ustun boʻlmasligi kerakligini taʼkidladi. Pontifik adolat va tinchlik izlayotgan aholini qoʻllab-quvvatlash uchun kelganini aytdi.




