Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 002,10EUR 13 166,30RUB 146,02Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Xitoyning DeepSeek AI laboratoriyasi 12 mlrd dollargacha mablagʻ jalb qilishi mumkin

Bloomberg xabariga koʻra, Xitoyning DeepSeek kompaniyasi kamida 80 mlrd yuan (12 mlrd dollar) miqdoridagi yangi moliyalashtirish bosqichini yakunlash arafasida.

8-oktabr, 18:37
Republish · SI

Dastlab qariyb 50 mlrd yuan jalb qilish rejalashtirilgan edi, biroq yangi AI modeli ishga tushirilganidan soʻng talab oshdi. Yakuniy summa 100 mlrd yuanga yetishi mumkin.

Eng yirik investorlar qatorida WeChat va bulutli servislar operatori Tencent hamda elektromobillar uchun akkumulyator ishlab chiqaruvchi CATL bor. Ular bu yilgi birinchi bosqichda ham loyihaga sarmoya kiritgan: Tencent — qariyb 10 mlrd yuan, CATL esa 5 mlrd yuan. DeepSeek asoschisi Lyan Venfen shaxsiy mablagʻlaridan 20 mlrd yuan investitsiya qilgan.

Kompaniya, shuningdek, Shanxaydagi STAR Market birjasiga chiqish imkoniyatini ham koʻrib chiqmoqda, biroq IPO muddati va shartlari hozircha belgilanmagan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media