Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 010,45EUR 13 200,69RUB 145,64Chorshanba, 18-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

«Luna-26» orbital apparatidagi ilmiy asboblarning avtonom sinovlari yakunlandi

Roskosmos xabariga koʻra, Rossiyaning «Luna-26» orbital apparatidagi toʻqqiz ilmiy asbob avtonom sinovlarning toʻliq siklidan oʻtdi.

18-noyabr, 02:16
ru.wikipedia.org

Loyiha ilmiy apparatura majmuasining bosh konstruktori Konstantin Anufreychik sinovlar toʻliq yakunlanganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, asboblar yangi ilmiy maʼlumotlar olishga yordam berishi kerak.

«Luna-26» Oy atrofida uch yil ishlashga moʻljallangan. Apparat suv izlaydi, Oy qaʼri va uning atrofidagi fazoni tadqiq etadi. Stereotopografik kamera Yerning tabiiy yoʻldoshi yuzasining uch oʻlchamli xaritasini yaratishi kerak. Birinchi yilda butun Oyni, jumladan qutb hududlarini suratga olish uchun apparatni oʻrtacha balandligi taxminan 70 kilometr boʻlgan orbitaga chiqarish rejalashtirilmoqda.

Stansiyani Oyga uchirish 2028-yilga rejalashtirilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media