Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Toshkentliklarga renovatsiya jarayonida Yangi Toshkentdan kvartiralar taklif qilinadi

Toshkentda renovatsiyaga tushadigan uy-joy mulkdorlari kompensatsiya sifatida Yangi Toshkentdan kvartira olishlari mumkin. Bunday imkoniyat prezidentning 10 noyabrdagi farmonida nazarda tutilgan.

16-noyabr, 18:52

Yangi qoidalarga koʻra, taqdim etiladigan koʻchmas mulk qiymati avvalgi uy-joyning baholangan qiymatining 150 foizigacha yetishi mumkin. Poytaxt hokimligida aniqlik kiritilishicha, yangi kvartiraning maydoni ham avvalgisidan bir yarim baravar katta boʻlishi mumkin.

Masalan, maydoni 50 kvadrat metr boʻlgan kvartira egasiga 75 kvadrat metrgacha boʻlgan uy-joy taklif qilinishi mumkin. 70 kvadrat metrli kvartiraga ega oila maydoni 105 kvadrat metrgacha boʻlgan variantni yoki ikkita alohida kvartirani koʻrib chiqishi mumkin.

Bunda bunday shartlar kafolatlanmaydi. Har bir holat koʻchmas mulk qiymati, oilaning ehtiyojlari va mulkdorlarning roziligi hisobga olingan holda alohida koʻrib chiqiladi.

Renovatsiya toʻgʻrisidagi qonunda, shuningdek, uy-joy mulkdorlarining kamida 80 foizi roziligi olinishi, kompensatsiyalar berilishi va rozi boʻlmagan aholiga bosim oʻtkazilishi taqiqlanishi nazarda tutilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media