Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

OpenAI Samsungga smartfonlar oʻrnini bosuvchi gadjet yaratishni taklif qildi

OpenAI rahbari Sem Altman Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasiga sunʼiy intellekt asosidagi, kelajakda smartfon oʻrnini bosa oladigan qurilmani birgalikda ishlab chiqishni taklif qildi, deb xabar bermoqda Financial News.

13-noyabr, 12:47

31 oktabr kuni Samsung rahbariyati bilan uchrashuvda Altman odatiy ilovalarsiz ishlaydigan gadjet konsepsiyasi haqida soʻzlab berdi. Taxminlarga koʻra, qurilmaga oʻrnatilgan sunʼiy intellekt foydalanuvchining vazifalarini mustaqil bajaradi va unga kundalik hayotida yordam beradi.

OpenAI qurilmani 2027 yilda chiqarishni rejalashtirmoqda. OAV maʼlumotlariga koʻra, u ekransiz, kaftga sigʻadigan ixcham aqlli kolonka koʻrinishida boʻlishi mumkin. Yakuniy dizayn hozircha oshkor etilmagan.

Altman aqlli koʻzoynaklarning qulayligi borasida ham shubha bildirdi: uning fikricha, ular jonli muloqotga xalaqit berishi mumkin. Shu bilan birga, u yangi sunʼiy intellekt qurilmalari maʼlumotlar maxfiyligi uchun xavf tugʻdirishini tan oldi.

OpenAI va Samsung oʻrtasida kelishuv tuzilgan-tuzilmagani hozircha nomaʼlum.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media