Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 004,48EUR 13 155,71RUB 146,56Shanba, 21-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Saudi Aramco rahbari neft zaxiralari keskin kamaygani haqida ogohlantirdi

Eng yirik xom neft yetkazib beruvchisi jahon strategik neft zaxiralari «qoʻrqinchli darajada past» darajaga yetganini bildirdi, deb xabar bermoqda Bloomberg.

6-oktabr, 14:00
Republish · SI

Saudi Aramco rahbari Amin Nosir jahon neft bozorida yangi inqiroz xavfi yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. Uning taʼkidlashicha, neft va dizel yoqilgʻisining global strategik zaxiralari xavfli darajada kamayib ketgan, bu esa bozorni taʼminotdagi uzilishlar oldida himoyasiz qilib qoʻymoqda.

«Katta yettilik» (G7) davlatlari toʻrt oy davomida oʻz strategik zaxiralaridan bozorga 100 million barrel neft chiqarishga kelishib oldi. Shu bilan birga, Yaqin Sharq mamlakatlaridan neft yetkazib berish nizo boshlanishidan oldingi darajaga qaytgan boʻlsa-da, tankerlar fraxti va sugʻurtasi qimmatlashgani sababli narxlar yuqoriligicha qolmoqda.

Nosirning hisob-kitoblariga koʻra, hatto Hurmuz boʻgʻozi orqali kema qatnovi qayta tiklangan taqdirda ham, isteʼmolchi davlatlarning energiya zaxiralarini qayta toʻldirishiga ikki yilgacha vaqt ketishi mumkin.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media