Yandexʼning “Alisa”si dunyodagi sunʼiy intellektga asoslangan top-15 ilova qatoriga kirdi
Rossiya servisi Andreessen Horowitz reytingida DeepSeek, Grok va Perplexityʼni ortda qoldirib, 13-oʻrinni egalladi, deyiladi 2026-yil avgust oyidagi tadqiqotda.
Ovozli yordamchi “Alisa”ga ega Yandex ilovalari eng ommabop mobil sunʼiy intellekt servislari global reytingiga kirgan yagona Rossiya vakili boʻldi, deb yozadi iXBT.com. Top-15 talikdan ChatGPT, CapCut, Gemini, Canva va boshqa taniqli mahsulotlar ham joy oldi.
Reyting Sensor Tower tahliliy platformasi maʼlumotlariga asoslangan. Yandexʼdan yuqoriroq pogʻonalarni Copilot, Doubao, Picsart va boshqa ilovalar egalladi. Ekspertlarning qayd etishicha, generativ sunʼiy intellekt nafaqat ixtisoslashgan chat-botlarga, balki brauzerlar, tahrirlash dasturlari va boshqa ommaviy ilovalarga ham borgan sari koʻproq tatbiq etilmoqda.


