Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Zavod konveyerlaridan uy yumushlarigacha: Tesla Optimus roboti 2027-yilda nimalar qila oladi

Tesla Optimus robotlarini kichik seriyali ishlab chiqarishni boshladi. Bosh direktor Ilon Mask kompaniyalarga yetkazib berish 2027-yil oxirida boshlanishi mumkinligini aytdi, uy yumushlarini bajarish esa keyingi maqsad boʻlib qolmoqda.

16-noyabr, 16:56

Robotlar ishlab chiqarilishi Tesla kompaniyasining Kaliforniya shtati, Fremont shahridagi korxonasida yoʻlga qoʻyildi. Kompaniya dastlabki mijozlar Optimusga bir xil takrorlanadigan yoki xavfli sanoat amaliyotlarini topshirishini kutmoqda, biroq aynan qaysi ishlar ekani hozircha aniqlashtirilmagan.

Tesla zavodlarida ayrim robotlar allaqachon oddiy harakatlarni bajarmoqda. Ostindagi namoyish vaqtida Optimus kichik buyumni ushlab, uni odamga uzatdi, ammo buni masofadan boshqaruv ostida amalga oshirdi. Avtonom ishlashi uchun u ushlash nuqtasini mustaqil tanlashi, harakatlarini tuzatishi va buyumni qachon qoʻyib yuborishni aniqlashi kerak.

Tesla robotlarni odamlarning harakatlari namunasida oʻqitishni, keyin esa koʻnikmalarni simulyatsiyalar va real sharoitlarda mashq qildirishni rejalashtirmoqda. Mask 2026-yil oxiriga kelib Optimus murakkabroq sanoat vazifalarini bajara olishini kutmoqda. Turli kiyimlarni saralash va taxlashni ham oʻz ichiga oladigan toʻlaqonli uy yumushlarini bajarish esa hozircha uzoqroq istiqboldagi vazifa boʻlib qolmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media