Selin Dion Parijdagi sahnada yiqildi, ammo konsertni davom ettirdi
Xonanda chiqish paytida yiqildi, biroq darhol oʻrnidan turib, qoʻshiqni yakunladi. Voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Условия / Shartlar / Terms
Own work · Изменён размер и формат файла.Videoda Selin Dion fransuz tilidagi «Dans un autre monde» qoʻshigʻini kuylayotib, kutilmaganda muvozanatini yoʻqotgani koʻrinadi. U sahnaga yiqildi, ammo deyarli darhol oʻrnidan turib, tomoshabinlarga maʼqullash ishorasini koʻrsatdi va chiqishini davom ettirdi.
Bu voqea Parijda rejalashtirilgan 26 ta konsertning 11-chisi vaqtida yuz berdi. Tur 12 sentyabrda boshlangan va xonandaning olti yillik tanaffusdan keyin sahnaga katta miqyosda ilk bor qaytishi boʻldi. Keyingi chiqishlar 17 oktabrgacha davom etadi, yana 10 ta shou esa 2027-yil may oyiga rejalashtirilgan.
Soʻnggi yillarda Dion noyob nevrologik kasallik bilan kurashdi. Shu sababli u gastrol safari va ommaviy chiqishlarini bekor qilishiga toʻgʻri keldi. U 2024-yilda suratga olingan hujjatli filmda bu davrdagi qiyinchiliklar hamda kasallik uning yurish va kuylash qobiliyatiga qanday taʼsir qilgani haqida soʻzlab bergan.