YI sunʼiy intellekt va kvant texnologiyalariga sarmoya kiritish uchun €50 mlrdlik fond tuzishni rejalashtirmoqda
Yevrokomissiya sunʼiy intellekt va kvant yechimlarini ishlab chiquvchilarni ham qamrab olgan Yevropa texnologik kompaniyalariga toʻgʻridan-toʻgʻri sarmoya kiritish uchun €50 mlrdlik fond tuzish rejasini tasdiqladi.

Yevrokomissiya Sovereign Tech Equity Fund fondini ishga tushirish rejasini maʼlum qildi. Fond YI strategik ahamiyatga ega deb hisoblaydigan sohalarga yirik, yuqori xavfli va uzoq muddatli sarmoyalarni qoʻllab-quvvatlashi kerak.
Rasmiylar kompaniyalar biznesini Yevropadan tashqariga koʻchirmasdan va xorijiy xaridorlarga sotmasdan, qitʼa ichida oʻz faoliyatini kengaytira olishiga umid qilmoqda. Texnologik suverenitet boʻyicha Yevrokomissar Xenna Virkkunen moliyalashtirish yetishmasligi kompaniyalarni mintaqani tark etishga majbur qilmasligi kerakligini aytdi. Hozirda jahon venchur kapitali oqimlarining qariyb 5 foizi Yevropaga toʻgʻri keladi.
Fondning huquqiy asosini kvant texnologiyalari sohasidagi tashabbus — Quantum Act doirasida mustahkamlash rejalashtirilmoqda. Biroq moliyalashtirish boshqa strategik sohalar uchun ham ochiq boʻladi. Yangi vosita hajmi €5 mlrd boʻlgan Scaleup Europe fondidan kattaroq boʻladi: Yevrokomissiya uning hajmini €25 mlrdgacha oshirishni rejalashtirmoqda. Tashabbus tafsilotlari fevral oyida taqdim etilishi kerak.




