Qaytib kelgan Starship yaqindan namoyish etildi: SpaceX tarixda ilk bor kemani muvaffaqiyatli qoʻndirdi
Ilon Mask Starship va SpaceX infratuzilmasi aks etgan videoni eʼlon qildi. Video kema toʻlaqonli sinov parvozidan soʻng ilk bor muvaffaqiyatli qoʻndirilganidan keyin paydo boʻldi.

Videoda Starship va Starbase kosmodromi obyektlari noodatiy rakursda koʻrsatilgan. Tasvirlar majmuadagi minoralardan birining balandligida telefon yordamida olingan.
Videoda kema start maydonchasida koʻrinadi: uni Mechazilla tutqichlari ushlab turibdi. Shuningdek, yuqori sifatli fotosuratlar ham eʼlon qilindi.
Ushbu eʼlon SpaceX toʻlaqonli sinov parvozidan soʻng kemani tarixda ilk bor muvaffaqiyatli qaytarib, qoʻndirganidan keyin chiqdi. Bu natija Oy va Marsga kelajakdagi yuk tashish hamda ekipajli missiyalar uchun toʻliq qayta foydalaniladigan transport tizimini yaratish dasturi doirasida koʻrib chiqilmoqda.




