Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Antarktidada yoshi qariyb 1,5 mln yil boʻlgan eng qadimiy muzni olishga urinib koʻriladi

Rossiyalik olimlar Antarktidada quduq burgʻilab, yoshi qariyb 1,5 mln yil boʻlgan muz namunalarini olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Arktika va Antarktika ilmiy-tadqiqot instituti (AANII) direktori Aleksandr Makarov maʼlum qildi.

13-noyabr, 13:27
petrograd.ru · пресс-служба ААНИИ

Ishlar 72-Rossiya Antarktika ekspeditsiyasi doirasida, Vostok stansiyasidan qariyb 300 km uzoqlikda olib boriladi. Birinchi bosqichda tadqiqotchilar chuqurligi 100 metrgacha boʻlgan quduq burgʻilashni rejalashtirmoqda. Namunalar B gumbazida kelgusida yanada chuqurroq burgʻilash uchun joyni aniqlashga yordam berishi kerak.

Makarovning soʻzlariga koʻra, avval Vostok stansiyasida yoshi bir million yildan oshgan muz kernlari olingan. Biroq qatlamlar buzilgani sababli ular iqlim rekonstruksiyalari uchun toʻliq mos kelmaydi: taxminan 420–450 ming yil avvalgi qatlamlar darajasida muz tarkibidagi signal buziladi.

Olimlar yanada qadimiy, uzluksiz qatlamlarni oʻrganmoqchi, chunki hozir atmosferadagi karbonat angidrid konsentratsiyasi avvalgi 800 ming — 1 mln yil davridagi koʻrsatkichlardan sezilarli darajada yuqori. Kutilishicha, bunday maʼlumotlar sayyora tarixidan hozirgi iliq davrga oʻxshash iqlimga ega boʻlgan davrni topish va iqlimdagi ehtimoliy oʻzgarishlarni oʻrganishga yordam beradi.

Ekspeditsiya dasturi jami tabiiy muhit, okean, muz, geofizika, geologiya, mikrobiologiya hamda insonning ekstremal sharoitlarga moslashuvini oʻrganishni oʻz ichiga oladi. «Akademik Fyodorov» kemasi bortidan suv massalarining harakati, iliq chuqur suvlarning tarqalishi, shuningdek, okeanning atmosfera va dengiz muzi bilan oʻzaro taʼsiri ham oʻrganilishi rejalashtirilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media