Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga ishchi tashrif bilan keldi
Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon davlat rahbarlarining uchrashuvi Oʻzbekiston prezidenti ishtirokida 8-oktabr kuni boʻlib oʻtadi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
8-oktabr, 13:31

Пресс-служба Президента Республики Узбекистан / president.uz
7-oktabr kuni Shavkat Mirziyoyev ishchi tashrif bilan Turkmanboshi shahriga keldi. Uni aeroportda Turkmanistonning yuqori martabali vakillari, Vazirlar Mahkamasi raisi oʻrinbosari va tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov boshchiligida kutib oldi.
Mirziyoyevning 8-oktabr kuni Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon liderlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etishi rejalashtirilgan. Ertasi kuni Oʻzbekiston prezidenti MDH sammitiga qoʻshiladi. Tashrif doirasida ikki tomonlama muzokaralar ham boʻlib oʻtadi.




