Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 11 911,71EUR 13 319,67RUB 146,49Chorshanba, 4-noyabr 2026-yil
Madaniyat

Italiyalik rejissyor Tinto Brass vafot etdi

Tinto Brass 4 noyabr kuni erta tongda Rimda 93 yoshida vafot etdi. Uning oʻlimi haqida rafiqasi va qizi xabar berdi. Yaqinlarining soʻzlariga koʻra, u oila davrasida tinch hayotdan koʻz yumgan.

4-noyabr, 18:07

Rejissyorning oʻlimi u 2010 yil bahorida boshdan kechirgan insult oqibatlari bilan bogʻlanmoqda. Oʻshanda Brass miyaga qon quyilishi sabab shifoxonaga yotqizilgan va uzoq vaqt tiklangan. U toʻliq sogʻayib keta olmadi. Kasalligidan keyin rejissyor deyarli film suratga olmay qoʻydi: yangi loyihalar uchun kuchi yetmasdi.

2026 yil bahorida rejissyorning salomatligi yana keskin yomonlashdi: shifokorlar unda sepsis aniqladi. Shu sababli Brass sentyabr oyida boʻlib oʻtgan Venetsiya kinofestivalida qatnasha olmadi.

Bir necha kun avval u shifoxonaga yotqizildi, biroq shifokorlar uni qutqara olmadi. Rejissyor hushiga kelmay vafot etdi.

Brass erotik kino sohasidagi eng taniqli ijodkorlardan biriga aylandi. Unga jahon shuhratini «Kaligula», «Kalit», «Miranda» va «Kuzatuvchi» filmlari keltirdi. Biograflar uni XX asr kinematografiyasidagi erotik yoʻnalishning eng yorqin namoyandalaridan biri deb ataydi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing