RUUZЎЗEN
Soʻnggi yangiliklarBugun: Chorshanba, 14-oktabr 2026-yil
MB kursi1 USD 11913.35 UZS1 EUR 13328.66 UZS1 RUB 142.39 UZS
Oʻzbekiston

Oʻzbekistonda kitob oʻqishdagi yutuqlari uchun chaqiriluvchilar xizmat muddatini qisqartirish taklif qilindi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi harbiy xizmatchilarni ragʻbatlantirish va armiya uchun kadrlar tayyorlashni yaxshilashga qaratilgan tuzatishlarni birinchi oʻqishda qabul qildi.

Muharrir: Азиза14-oktabr, 11:44
images.unsplash.com — Kimberly Farmer on Unsplash — Прессматериал правообладателя
Условия / Shartlar / TermsKimberly Farmer on Unsplash · Размер и формат изменены для сайта; метаданные файла удалены · Прессматериал правообладателя

Qonun loyihasi «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida»gi qonunga oʻzgartirishlar kiritadi. Unda uchuvchilarni tayyorlaydigan, jumladan, xorijdagi harbiy oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari bilan shartnoma tuzishning huquqiy asoslari belgilanadi.

Respublika miqyosidagi kitob oʻqish tanlovida yuqori natija koʻrsatgan chaqiriluvchilar uchun xizmat muddatini bir oyga qisqartirish taklif qilinmoqda. Tashabbus mualliflarining fikricha, bu harbiy xizmatchilar orasida kitob oʻqishga qiziqishni qoʻllab-quvvatlaydi va ularning intellektual salohiyatini rivojlantirishga yordam beradi.

Manba: UzDaily

Yana oʻqing