Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 017,70EUR 13 179,81RUB 146,39Shanba, 28-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

SAP biznesini SIga moslab qayta qurish sabab kamida 10 ming xodimni qisqartirmoqchi

Bloomberg: SAP biznesini SIga moslab qayta qurish sabab kamida 10 ming ish oʻrnini qisqartirish rejasini tayyorlamoqda. Yakuniy raqam kasaba uyushmalari bilan muzokaralarga bogʻliq.

28-noyabr, 00:55
habr.com

Qayta tuzish SAPning dunyo boʻylab xodimlarining kamida 9 foiziga taʼsir qilishi mumkin, biroq qisqartirishlarning yakuniy koʻlami hali belgilanmagan. Rahbariyat barcha boʻlinmalarga, avvalo, mahsulot ishlab chiqish, muhandislik va savdo yoʻnalishlarida shtatni qisqartirish mumkin boʻlgan sohalarni aniqlashni topshirdi.

Reja SAP ijroiya kengashida bu yil yuz bergan ikki qayta tashkil etishdan soʻng paydo boʻldi. Bosh direktor Kristian Klyayn kompaniya ilovalarida sunʼiy intellektdan kengroq foydalanish strategiyasini ilgari surmoqda. Kengashning olti aʼzosidan ikki nafari tez orada SAPni tark etadi.

Kompaniya strategiya va mijozlar ehtiyojlariga mos kelishi uchun tashkiliy tuzilmasini muntazam qayta koʻrib chiqishini bildirdi. Shu bilan birga, neyron tarmoqlarga asoslangan mahsulotlarni joriy etishga boʻlgan avvalgi urinishlar qiyinchiliklarga duch kelgan.

SAPning soʻnggi yirik qayta tashkil etish rejasi 8 ming xodimni qisqartirishni nazarda tutgan. Oʻshanda kompaniya asosan ixtiyoriy ishdan boʻshash va qayta tayyorlashga tayangan, xodimlarning umumiy soni esa yangi mutaxassislarni yollash hisobiga saqlab qolingan. Hozir SAPda 110 mingdan ortiq kishi ishlaydi, Germaniyada esa mehnat kengashi 2028 yilgacha bandlikni kafolatlashni maʼqullagan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media