Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Madaniyat

Daddy Yankee Latin Recording Academy tomonidan «Yil odami» unvoniga sazovor boʻldi

Las-Vegasda Puerto-Rikolik ijodkor sharafiga oʻtkazilgan konsert-tributda oʻnlab taniqli musiqachilar chiqish qildi.

13-noyabr, 15:42

11 noyabr kuni Las-Vegasda Latin Recording Academy tomonidan 2026 yilgi Person of the Year unvonini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu unvonga butun dunyoda reggaetonning ommalashuvida muhim rol oʻynagan Daddy Yankee sazovor boʻldi.

Kechada turli avlodlarga mansub ijrochilar jam boʻlib, musiqachining mashhur xitlariga oʻz talqinlarini taqdim etdi. Tito El Bambino, Jowell y Randy va Feid «Gasolina»ni, Reik va Luisa Sonza esa «Ella Me Levantó»ning bossa-nova uslubidagi talqinini ijro etdi. Boshqa ishtirokchilar qatorida Farruko, Rawayana, Kapo, Natalia Ximenes va Pablo Alboran ham bor edi. Xuan Luis Gerra, Fergi, Luis Fonsi va Black Eyed Peas guruhi aʼzolari ham tabrik videomurojaatlarini yozib oldi.

Chiqishlardan soʻng J Balvin va LL Cool J sanʼatkorning musiqa industriyasiga taʼsiri haqida soʻzlab, uni sahnaga taklif qildi. Daddy Yankee hamkasblari va muxlislariga minnatdorlik bildirib, qoʻshiqlari allaqachon tinglovchilarga tegishli ekanini taʼkidladi. Marosim musiqachining oʻzi ijro etgan «Botz», «Sonríele» va «Lo Que Paso Paso» kompozitsiyalari bilan yakunlandi.

Mukofot sanʼatkorga qariyb 30 yillik faoliyati va reggaetonni yerosti yoʻnalishidan global musiqiy harakatga aylantirishga qoʻshgan hissasi uchun berildi. Uning asosiy yutuqlari qatorida dunyo miqyosidagi «Gasolina» xiti hamda Luis Fonsi bilan birgalikda ijro etgan «Despacito» qoʻshigʻi bor. 2027 yilda Daddy Yankee Coachella festivalida ham chiqish qiladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media