Jensen Huang mojaro fonida Nvidia rahbari lavozimidan isteʼfoga chiqdi
Nvidia bosh direktori Jensen Huang darhol prezident, kompaniya rahbari va direktorlar kengashi aʼzosi lavozimlarini tark etdi. Nvidiaʼga vaqtincha moliya direktori Colette Kress rahbarlik qiladi.

Qarorni Nvidia direktorlar kengashi eʼlon qildi. Colette Kress ijrochi vitse-prezident va moliya direktori lavozimlarini saqlab qoladi, shu bilan birga doimiy voris tayinlangunga qadar bosh direktor vazifasini bajaradi.
Direktorlar kengashi yangi rahbarni izlashni allaqachon boshladi. Bu lavozimga kompaniya xodimlari ham, tashqi nomzodlar ham koʻrib chiqiladi.
Avvalroq Huangning Megaspeed rahbari Alice Huang bilan yaqin aloqasi borligi haqida xabar berilgandi. Nashr maʼlumotlariga koʻra, Pekin u orqali yetkazib berilishi Xitoyga cheklangan Nvidiaʼning ilgʻor chiplaridan foydalanish imkoniga ega boʻlgan boʻlishi mumkin.
Bundan tashqari, uning Nvidia vitse-prezidenti Kimberly Powell bilan — u oʻziga boʻysungan xodim boʻlgan — nikohdan tashqari munosabatlari ham maʼlum boʻldi.




