Xitoyda yangi BYD avtomobili avtosalon avtoturargohidan oʻgʻirlab ketildi
Xitoyning Changsha shahrida nomaʼlum shaxs endigina xarid qilingan BYD Song avtomobilini olib qochdi. Bu paytda uning egalari mashinani topshirishga tayyorlash ishlari yakunlanishini kutayotgan edi. Quvib yetishdan soʻng avtomobilni olib qochgan shaxs qoʻlga olindi.

Bir oila otasining 60 yoshga toʻlishi munosabati bilan unga sovgʻa qilish uchun avtomobil sotib oldi. Sugʻurta xarajatlari ham qoʻshilgan holda ular 155 ming yuan toʻlashdi. Mashina yuvilayotgan va oynalariga qoraytiruvchi plyonka yopishtirilayotgan paytda u avtoturargohdan gʻoyib boʻldi.
Avtomobilni GPS orqali kuzatishning uddasidan chiqildi. Bir soatlik taʼqibdan soʻng mashina toʻxtatildi, haydovchi esa politsiya tomonidan qoʻlga olindi. Maʼlum boʻlishicha, erkak internet orqali sotib olgan BYD xodimi formasini kiyib olgan. U avtosalonda hech qachon ishlamagan.
Oʻgʻirlik xavfsizlik qoidalarining buzilishi oqibatida mumkin boʻlgan: xodim kalitlarni mashina ichida qoldirgan, avtomobil topshiriladigan hudud esa qoʻriqlanmagan.
Oila avtomobil qaytarilganidan keyin ham uni olib ketishdan bosh tortdi. Diler xaridning toʻliq qiymatini qopladi va yoʻl hamda yashash xarajatlarini ham kompensatsiya qilishga rozi boʻldi. Politsiya jinoyat ishi qoʻzgʻatdi.




