Pentagon Anthropic sunʼiy intellekt vositalaridan foydalanishni toʻxtatdi
Claude maxfiy maʼlumotlar bilan ishlaydigan tizimlarga chuqur singdirilgani uni tezda almashtirishni qiyinlashtirdi, deb xabar beradi BBC.

Условия / Shartlar / Terms
This file was contributed to Wikimedia Commons by National Archives at College Park - Still Pictures as part of a cooperation project. The donation was facilitated by the Digital Public Library of America, via its partner Digital Public Library of America. Record in source catalog DPLA identifier: 5e30663a14563b310a9d5a5b99e75ac8 National Archives Identifier: 6411645 · Изменён размер и формат файла. · File:A Soldier of the 102nd Signal Battalion operates a Sperry Univac Uniscope 200 computer terminal - DPLA - 5e30663a14563b310a9d5a5b99e75ac8.jpegAQSh Mudofaa vazirligi Anthropicʼning sunʼiy intellekt vositalari, jumladan Claudeʼdan foydalanishni toʻxtatdi. Idora Google, xAI va OpenAI bilan shartnomalar tuzgan, OpenAI vositalari esa soʻnggi oylarda vazirlikning ayrim boʻlinmalarida faolroq ishlatilgan.
Qaror vazirlik Claudeʼning ayrim himoya cheklovlarini olib tashlash va sunʼiy intellekt vositalariga kengroq kirish huquqini berishni talab qilganidan keyin yuzaga keldi. Anthropic ommaviy kuzatuv va avtonom qurollardan foydalanish xavfini aytib, bunga rozi boʻlmadi. Shundan soʻng mudofaa vaziri Pit Xegset kompaniyani milliy xavfsizlik taʼminot zanjiri uchun xavf deb eʼlon qildi. Kompaniya esa qarorni noqonuniy deb atab, Donald Tramp maʼmuriyatiga qarshi daʼvo kiritdi.
Claude ishlatilgan asosiy tizimlardan biri Palantir boshqaradigan Maven Smart System platformasi boʻlgan. Pentagon undan razvedka maʼlumotlari, sunʼiy yoʻldosh suratlari va dron videolarini qayta ishlashda foydalangan; bu maʼlumotlar ehtimoliy harbiy nishonlarni aniqlash uchun til modellariga uzatilgan.


