Grand Theft Auto VI chiqqanidan soʻng Metacriticʼda 99 ball oldi
Oʻyin sayt tarixidagi eng yuqori baho boʻyicha The Legend of Zelda: Ocarina of Time bilan tenglashdi. Tanqidchilar oʻyinni yuqori baholadi.

Metacriticʼda oʻyin 99 ball oldi — bu The Legend of Zelda: Ocarina of Time olgan baho bilan bir xil. Mazkur oʻyin sayt tarixidagi eng yuqori bahoni saqlab qolgan.
The New York Times syujetning chuqurligi, Lusiya Kaminos va Jeyson Dyuvall personajlari, shuningdek, batafsil ishlab chiqilgan oʻyin dunyosini alohida taʼkidladi. The Guardian oʻyinga besh yulduz berdi va Rockstar Gamesʼning virtual olamini ilgari yaratilganlar ichidagi eng batafsili deb atadi.
The Washington Post Grand Theft Auto VIʼni AQShdagi hayot haqida yaratilgan, qahramonlarning qarorlariga irq, ijtimoiy tabaqa, gender, pul va eʼtibor taʼsir qiladigan yirik asar sifatida taʼrifladi. Bloomberg oʻyinni durdona deb atadi va videotasvirdan ajratish qiyin boʻlgan grafikasini alohida maqtadi.
IGN GTA 6’ni eng taʼsirchan oʻyinlar qatoriga kiritdi va musiqiy hamrohligini alohida qayd etdi: toʻrtta radiostansiyada qariyb 200 ta qoʻshiq bor. Empire Magazine oʻyinda Amerika madaniyatiga oid satirani koʻrdi. Nashrning baholashicha, bu satira voqelikka ogʻriqli darajada yaqin.
Sensor Tracker maʼlumotlariga koʻra, relizga ikki kun qolganida oʻyin oldindan buyurtmalar hisobiga 1,5 milliard dollar tushum chegarasidan oshdi.




