RUUZEN
Soʻnggi yangiliklarChorshanba, 7-oktabr 2026-yil
MB kursi1 USD 11790.79 UZS1 EUR 13285.86 UZS1 RUB 137.78 UZS07.10.2026
Reklama
Reklama
Biznes

Pokistonning WaterCon kompaniyasi Jizzax viloyatida 500 gektarlik zaytun plantatsiyasini tashkil etadi

Pokistonning WaterCon kompaniyasi Jizzax viloyatining Yangiobod tumanida 500 gektar maydonda zaytun plantatsiyasini barpo etish boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirish niyatida. Kompaniya va Jizzax viloyati hokimligi oʻrtasida tegishli oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda Oʻzbekistonning Pokistondagi elchixonasi maʼlum qildi.

Muharrir: Искандер7-oktabr, 15:00По-русски

WaterCon delegatsiyasining Oʻzbekistonga biznes-missiyasi diplomatik vakolatxona tashabbusi bilan tashkil etildi. Tashrif chogʻida kompaniya ishtirokida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari hamda hududlardagi istiqbolli loyihalarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Delegatsiya Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Jizzax viloyati hokimligi vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.

Muzokaralarda Oʻzbekistonda zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash sohasidagi investitsiya loyihalarini hayotga tatbiq etish istiqbollari koʻrib chiqildi.

Memorandumga binoan, Yangiobod tumanida 500 gektar maydonda zaytun plantatsiyasini barpo etish, zaytun yetishtirish va uni qayta ishlashni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, tayyor mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi maʼlumotlariga koʻra, WaterCon vakillari Yangiobod tumanidagi 500 gektarlik maydonning dastlabki texnik baholash natijalari bilan tanishgan. Kompaniya mahalliy sharoitga mos zaytun navlarini tanlash, zamonaviy sugʻorish texnologiyalarini tatbiq etish va qayta ishlash quvvatlarini yaratishni taklif qildi.

Loyihaning keyingi bosqichlarida zaytunni sanoat usulida qayta ishlash, tayyor mahsulotlarni qadoqlash hamda yuqori qoʻshilgan qiymatga ega tovarlarni Made in Uzbekistan brendi ostida xorijiy bozorlarga eksport qilish koʻzda tutilgan.

Kelgusida loyihaning texnik va tashkiliy jihatlarini atroflicha ishlab chiqish, yer va suv bilan taʼminlash imkoniyatlarini aniqlashtirish hamda investitsiya taklifini tayyorlash rejalashtirilmoqda. Shuningdek, plantatsiya va zarur infratuzilmani barpo etish boʻyicha loyihaoldi ishlarini tashkil qilish hamda ishchi guruh tuzish belgilangan.

Material quyidagi nashr asosida tayyorlandi: gazeta.uz

Yana oʻqing