Nasdaq Composite Uoll-stritda rekord darajadagi maksimal koʻrsatkichni yangiladi
Dushanba kuni AQSh fond indekslari neft narxining pasayishi va texnologik gigantlar aksiyalarining oʻsishi fonida koʻtarildi, deb xabar bermoqda Interfax.

Nasdaq Composite indeksi 27 477,31 punkt darajasida yopilib, rekord darajadagi maksimal koʻrsatkichni yangiladi. 1,05% li oʻsishni Nvidia (+2,1%), Microsoft (+1,5%) va Meta (+1,9%) aksiyalari taʼminladi, biroq Apple va Amazon qogʻozlari biroz arzonlashdi.
AQSh mehnat bozoriga oid zaif maʼlumotlar oktabr oyida FZT foiz stavkasining oshirilishi boʻyicha kutilmalarni pasaytirdi. Interfax keltirgan CME FedWatch maʼlumotlariga koʻra, bunday qaror ehtimoli bir hafta oldingi 70,9% dan 21,6% gacha tushdi. Shu haftada investorlar kelgusi siyosatni aniqlashtirib olish uchun FZTning sentabrdagi yigʻilishi bayonnomalari eʼlon qilinishini hamda regulyator Boshqaruvchilar kengashi aʼzosi Kristofer Uollerning nutqini kutmoqda.
Fransiyaning Schneider Electric kompaniyasi uni 22,6 mlrd dollarga sotib olishi haqidagi eʼlondan soʻng kapitallashuvi 33,5% ga oshgan PTC Inc. S&P 500 indeksida oʻsish boʻyicha yetakchiga aylandi. Logistika sohasidagi C.H. Robinson aksiyalari esa oʻz raqobatchisi RXOʻni qarzni hisobga olgan holda 5,8 mlrd dollarga sotib olishini maʼlum qilgach, 10,9% ga pasaydi.

