Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 11 935,37EUR 13 432,07RUB 145,58Payshanba, 5-noyabr 2026-yil
Sport

Ronaldu Portugaliya terma jamoasi bilan xayrlashdi: «Agar sizga quvonch ulashgan boʻlsam, demak, barchasi bekor emas»

41 yoshli Krishtianu Ronaldu 23 yil davomida safida toʻp tepgan Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi va muxlislarga video murojaat yoʻlladi.

5-noyabr, 16:56

Hujumchi 7-raqamli futbolkani qaytarib, uni keyingi avlodga topshirishini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, bu qarorni qabul qilish oson boʻlmagan: «Bunday qarorlarni faqat aql bilan emas, yurak bilan ham qabul qilasiz».

Terma jamoadagi yillarini yodga olar ekan, Ronaldu avvalo gollar va sovrinlarni emas, odamlarni esladi. U jamoa ogʻir magʻlubiyatlarni boshdan kechirganini, oʻzi esa mamlakat undan kutgan narsani har doim ham bera olmaganini tan oldi, ammo hech qachon taslim boʻlmaganini aytdi. «Gollar unutiladi, kuboklar muzeylarda turadi, rekordlar yangilanadi. Odamlar qalbida esa joy qoladi», — dedi u.

Jamoa sardori jamoadoshlari, murabbiylar shtabi, tibbiyot xodimlari va oilasiga minnatdorlik bildirdi. U bundan keyin ham terma jamoaga muxlislik qilishga va uning gʻalabalarini oʻziga xos “Siuuu” bilan nishonlashga vaʼda berdi.

«Madeyralik bolaning orzusi roʻyobga chiqishiga yordam berganingiz uchun rahmat. Yettilik saqlanib qoladi. Portugaliya men bilan abadiy», — deya murojaatini yakunladi Ronaldu.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing