TDT aʼzolari kosmik hamkorlik boʻyicha dastlabki kelishuvni imzoladi
Hujjat Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida sunʼiy yoʻldosh texnologiyalarini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar olib borish va sanoat kooperatsiyasi boʻyicha birgalikda ishlashni mustahkamlaydi.

Tasvir sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan va hujjatli surat emas
Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Qozogʻiston va Turkiya kosmik sohada hamkorlik qilish boʻyicha dastlabki kelishuvni imzoladi. Bu Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) doirasidagi institutsional sheriklikni mustahkamlash yoʻlidagi ilk qadam boʻldi.
Kelishuv kosmik texnologiyalarni ishlab chiqish, sunʼiy yoʻldoshlar yaratish, ilmiy tadqiqotlar va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalarini qamrab oladi. Hujjat ishtirokchi mamlakatlarning ushbu yoʻnalishlardagi imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
Reklama
ReklamaReklama beruvchilar uchun
Manba: gov.uz


