Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 010,45EUR 13 200,69RUB 145,64Chorshanba, 18-noyabr 2026-yil
Sport

Globe Soccer Awards 2026 yilning eng yaxshi futbolchisi unvoni uchun nomzodlarni eʼlon qildi

Sovrin uchun Lionel Messi, Lamin Yamal, Kilian Mbappe va boshqa futbolchilar daʼvogarlik qilmoqda. Oʻtgan yili yil futbolchisi Usman Dembele boʻlgan.

18-noyabr, 20:32
sports.ru

Qisqa roʻyxatda eng koʻp nomzod «PSJ»dan — parijliklar safidan sakkiz futbolchi kiritilgan: Usman Dembele, Desire Due, Ashraf Hakimi, Hvicha Kvaratsxeliya, Nunu Mendesh, Joao Nevesh, Fabian Ruiz va Vitinya.

«Barselona»dan toʻrt nafar daʼvogar bor: Pau Kubarsi, Rafinya, Lamin Yamal va Rodri. Madridning «Real» klubini uch futbolchi — Jude Bellingham, Vinisius Junior va Kilian Mbappe taqdim etadi. «Arsenal»da yana uch nomzod bor: Deklan Rays, Bukayo Saka va Uilyam Saliba.

«Inter» (Federiko Dimarko, Lautaro Martines) va «Bavariya» (Garri Keyn, Maykl Olise)dan ikki nafardan nomzod koʻrsatilgan. Qolgan klublarning har biri bittadan futbolchi bilan taqdim etilgan: «Manchester Siti»dan Erling Holand, «Manchester Yunayted»dan Bruno Fernandes, «Liverpul»dan Dominik Soboslai va «Inter Mayami»dan Lionel Messi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media