84 yoshli Maykl Blumberg 26 yillik munosabatlardan soʻng turmush qurdi
Bloomberg moliyaviy guruhi egasi, 84 yoshli Maykl Blumberg va uning 71 yoshli hamrohi Teylor Nyu-Yorkda oʻtkazilgan shaxsiy marosimda turmush qurdi.

Marosim dushanba kuni Blumbergning Yuqori Ist-Sayddagi uyida boʻlib oʻtdi. Shundan soʻng yangi turmush qurganlar tor davrada tushlik uyushtirdi. AQSh OAV maʼlumotlariga koʻra, toʻyda 15 mehmon qatnashgan. Oʻsha kuni Blumbergni Nyu-Yorkdagi ofislaridan birida koʻrishgan.
Blumberg va Teylor 26 yil avval yonma-yon oʻtirgan tadbirda tanishgan. Oʻsha paytda u Nyu-York meri lavozimiga nomzodini qoʻygan edi. Bu nikoh ikkalasi uchun ham ikkinchi nikoh boʻldi.
Blumberg 2002–2013 yillarda Nyu-York meri lavozimida ishlagan va 2001, 2005 hamda 2009-yillarda ketma-ket uch marta saylovda gʻalaba qozongan. Keyinchalik u Demokratik partiyadan prezidentlik poygasida qatnashgan, biroq partiya ichida Jo Bayden bilan raqobat sabab poygani tark etgan.
Blumbergning boyligi taxminan 50 milliard dollarga baholanadi. U tarkibiga Bloomberg Business News yangiliklar agentligi, Bloomberg TV, Bloomberg Radio va Bloomberg Businessweek haftalik jurnali kiradigan xalqaro kompaniyalar guruhini tashkil etgan.




