McDavid NHLda 40 ta golli uzatmaga eng tez erishish boʻyicha Gretzky rekordini takrorladi
Edmonton sardori Connor McDavid NHL mavsumining 22 ta uchrashuvida 40 ta golli uzatma qayd etib, Wayne Gretzky natijasini takrorladi.
16-noyabr, 13:25

NHL muntazam chempionatining Filadelfiyaga qarshi oʻyinida McDavid uch ochko jamgʻarib, Edmontonning gʻalaba qozonishiga yordam berdi. Ushbu uchrashuvdan keyin uning hisobida 53 ochko bor va u toʻpurarlar poygasida yetakchilik qilmoqda.
Gretzky bu rekordni 1984/85 yilgi mavsumda oʻrnatgan. NHL tarixida 25 ta yoki undan kam uchrashuvda 40 ta golli uzatmaga faqat Gretzky, Mario Lemieux va McDavid erishgan.




