RUUZEN
Soʻnggi yangiliklarChorshanba, 7-oktabr 2026-yil
MB kursi1 USD 11790.79 UZS1 EUR 13285.86 UZS1 RUB 137.78 UZS07.10.2026
Reklama
Reklama
Biznes

Oʻzbekiston va Rossiya 350 mln dollarlik 17 ta qoʻshma loyihani ishga tushirmoqchi

Fargʻonada oʻtgan hukumatlararo komissiya yigʻilishida tomonlar 2040-yilgacha moʻljallangan ilmiy-texnologik hamkorlik strategiyasini imzoladi hamda Jizzax viloyatida AES qurilishini muhokama qildi.

Muharrir: Азиза7-oktabr, 20:38По-русски

Mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro savdo aylanmasi 2026-yilning sakkiz oyida 10 foizga oʻsdi. Avvalroq Oʻzbekiston va Rossiya prezidentlari tovar ayirboshlash hajmini 30 milliard dollarga yetkazish vazifasini qoʻygan edi.

Umumiy qiymati 350 million dollarlik qoʻshma loyihalarni kimyo sanoati, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va metallga ishlov berish sohalarida amalga oshirish rejalashtirilgan. Shuningdek, energetika, kadrlar tayyorlash va uskunalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari ham koʻrib chiqildi.

Yigʻilish yakunlari boʻyicha ikki mamlakat hududlari oʻrtasida kelishuvlar hamda Wildberries marketpleysi bilan investitsiya bitimi imzolandi. Unga koʻra, kompaniya Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi 67,3 gektar yer maydonida logistika majmuasini barpo etadi. Bu kamida 7500 ta ish oʻrni yaratishga xizmat qiladi va Oʻzbekiston tovarlari eksportini qoʻllab-quvvatlaydi.

Manba: Gazeta.uz

Yana oʻqing