Vinisius Singapurga qarshi Braziliya oʻyinida 21 daqiqada xet-trik qayd etdi
Braziliya va Singapur terma jamoalari oʻrtasidagi oʻrtoqlik uchrashuvida «Real»ning qanot hujumchisi Vinisius Junior 21 daqiqa ichida — 9-, 15- va 21-daqiqalarda — uchta gol urdi.
17-noyabr, 16:57

Tanaffusga kelib Braziliya 4:0 hisobida oldinda borayotgandi. Vinisiusning gollariga Bruno Gimarayesh, Endrik va Estevao assistentlik qildi.
Terma jamoa safidagi soʻnggi ikki oʻyinda Vinisius beshta gol urdi: Singapur bilan uchrashuvdan oldin u Yaponiya terma jamoasiga qarshi oʻyinda dubl qayd etgandi. Umuman, uning Braziliya safidagi soʻnggi toʻrtta oʻyinida oltita goli bor.




