SpaceX kosmosda ishlashga moʻljallangan sunʼiy intellekt serverini ishlab chiqmoqda
Loyiha Kessel deb nomlangan.

SpaceX kompaniyasi, soha manbalari maʼlumotiga koʻra, sunʼiy intellekt uchun moʻljallangan va Yerda ham, orbitada ham foydalanish mumkin boʻlgan kuchli hisoblash tizimini ishlab chiqmoqda.
Tizim Nvidia Vera Rubin NVL72 server stendi asosida yaratilmoqda. Unda 72 ta Rubin grafik protsessori, 36 ta Vera markaziy protsessori va maʼlumot almashish uchun toʻqqizta kommutatsiya moduli koʻzda tutilgan.
SpaceX ishlanmasining asosiy farqi — anʼanaviy kabel ulanishlari oʻrniga murakkab 84 qatlamli bosma plata qoʻllanilishidir. Bunday yechim uskunani yigʻishni osonlashtirishi mumkin, biroq ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi.
SpaceX, shuningdek, Nvidiaʼning ayrim komponentlarini mustaqil ravishda xarid qilish va qolgan qismlar yetkazib beruvchilarini tanlashni rejalashtirmoqda. Bu uskunani oʻz vazifalariga, jumladan, orbitadagi maʼlumotlar markazlarini yaratish ehtimoliga moslashtirish imkonini beradi.
Tizimni sinovdan oʻtkazish va uchirish muddatlari hozircha oshkor etilmagan.




