AQShda neft zaxiralari oʻtgan hafta 1,9 mln barrelga kamaydi
Benzin zaxiralari 3,87 mln barrelga oshdi, distillyatlar zaxirasi esa 1,462 mln barrelga kamaydi.
29-oktabr, 12:36
Bir hafta ichida AQSh omborlaridagi tijoriy neft hajmi 1,892 mln barrelga qisqardi. Bu haqda AQSh Energetika vazirligining Energetika axboroti boshqarmasi hisobotida maʼlum qilindi.
Kushing terminalidagi zaxira 624 ming barrelga kamaydi. U yerda Nyu-York tovar birjasida savdo qilinadigan neft saqlanadi.




