Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 002,10EUR 13 166,30RUB 146,02Juma, 27-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Air Arabia Samarqand, Buxoro va Xivaga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni yoʻlga qoʻyishni muhokama qilmoqda

Turizm qoʻmitasi va aviakompaniya Oʻzbekistondagi yoʻnalishlar tarmogʻini kengaytirish hamda xorijda turistik yoʻnalishlarni targʻib qilish masalasini koʻrib chiqmoqda.

9-oktabr, 12:35
Md Mahdi / Unsplash

Turizm qoʻmitasi va Air Arabia aviakompaniyasi Samarqand, Buxoro, Xiva hamda boshqa turistik shaharlarga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni yoʻlga qoʻyish imkoniyatini muhokama qildi. Ayni paytda tashuvchi Toshkentdan Abu-Dabi va Sharjaga haftasiga 13 ta reysni amalga oshiradi, shuningdek, Namanganga ham parvoz qiladi.

Tomonlar Birlashgan Arab Amirliklariga parvozlar chastotasini oshirish, maxsus turistik paketlar yaratish va Air Arabiaʼning raqamli platformalarida Oʻzbekistonni targʻib qilish masalalarini muhokama qildi. Yevropa, Yaqin Sharq va Osiyodan tranzit sayyohlarni jalb etish, shuningdek, ziyoratchilar uchun «Umra plus» loyihasini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Air Arabia samolyotlar bortida mamlakatning turistik salohiyati haqidagi axborot materiallarini joylashtirishni qoʻllab-quvvatlaydi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media