Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 002,10EUR 13 166,30RUB 146,02Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Oʻzbekistonda issiqxona uskunalarini sertifikatlash 1 mln soʻmdan oshmaydi

Oʻzbekistonda issiqxona qozonlarini sertifikatlash uchun eng yuqori narx belgilanadi — u 1 mln soʻmdan oshmaydi. Bu qaror uskunalarni tekshirish xarajatlari keskin oshganidan shikoyat qilgan tadbirkorlarning murojaatlaridan soʻng qabul qilindi.

24-noyabr, 17:44

Ekologik ekspertiza markazi Ekologik sertifikatlash boshqarmasi bilan issiqxona qozonlariga sertifikat berish narxini cheklash boʻyicha kelishib oldi. Bu summaga uskunalarni laboratoriyada tekshirish xarajatlari ham kiritilgan.

Avval issiqxona egalari qozonlarni tekshirish uchun ulardan ilgari undirilgan 9 mln soʻm oʻrniga qariyb 38 mln soʻm talab qilinganini bildirgan edi.

Shu bilan birga, uskunalarni sertifikatlash ekologik ekspertiza qiymatiga kirmaydigan alohida xizmat hisoblanadi. Uning tariflarini hukumat may oyida tasdiqlagan. Atrof-muhitga taʼsirining uchinchi toifasiga kiruvchi issiqxonalar uchun bunday ekspertiza qiymati 2,86 mln soʻmni tashkil etadi.

Bu summaga laboratoriya tadqiqotlari, oʻlchovlar va qozonlarni sertifikatlash ham kirmaydi. Shunday qilib, yangi cheklov issiqxona xoʻjaliklari egalarining moliyaviy yukini kamaytirishi kerak.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media