Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 002,10EUR 13 166,30RUB 146,02Juma, 27-noyabr 2026-yil
Siyosat

Keniya va Kongo Demokratik Respublikasi diplomatik munosabatlarni tiklashga kelishib oldi

Ikki mamlakat prezidentlari elchilarni qaytarish va hamkorlikni faollashtirish niyatida. Kelishuv Kongo Respublikasida boʻlib oʻtgan toʻrt tomonlama sammitda erishildi.

24-noyabr, 22:19

Keniya prezidenti Uilyam Ruto va Kongo Demokratik Respublikasi rahbari Feliks Tshisekedi mamlakatlar oʻrtasidagi toʻlaqonli diplomatik munosabatlarni tiklash ustida ishlashga kelishib oldi. Muzokaralar 22 noyabr kuni Kongo Respublikasining Oyo shahrida boʻlib oʻtgan sammitda oʻtkazildi.

Uchrashuvni Kongo Respublikasi prezidenti Deni Sassu-Ngesso tashkil qildi. Unda Togo hukumati rahbari Faure Gnassingbé ham qatnashdi. U Afrika Ittifoqining Kongo Demokratik Respublikasining sharqidagi inqirozni hal etish boʻyicha vositachisi sifatida faoliyat yuritmoqda.

Tomonlar elchilarni qaytarish, muntazam diplomatik maslahatlashuvlar oʻtkazish hamda savdo, iqtisodiyot va mintaqaviy xavfsizlik masalalarida hamkorlikni mustahkamlash niyatida. Yetakchilar, shuningdek, Ebola isitmasiga qarshi kurashish uchun mamlakatlarni saʼy-harakatlarini birlashtirishga chaqirdi.

Nayrobi va Kinshasa oʻrtasidagi munosabatlar 2023 yil dekabrida keskinlashgan edi. Yangi kelishuv mamlakatlar oʻrtasidagi ishonchni tiklashga yordam berishi kerak.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media