GTA 6 oʻyinchilarga dush qabul qilish kerakligini eslatadi
GTA 6’da gigiyena mexanikasi paydo boʻldi: qahramonlar muntazam dush qabul qilmasa, ulardan yoqimsiz hid kela boshlaydi, bu esa atrofdagilar bilan munosabatlariga taʼsir qilishi mumkin.
20-noyabr, 17:54

championat.com
18 noyabr kuni oʻyin Yangi Zelandiyada chiqdi, shundan soʻng foydalanuvchilar oʻyin jarayonining yangi tafsilotlarini topa boshladi. Boshqa hududlarda toʻliq reliz 19 noyabr yarim tunda boʻlib oʻtdi.
Dastlab GTA 6 PS5 va Xbox Seriesʼda, keyinroq esa kompyuterda mavjud boʻladi. Metacriticʼda oʻyin 100 balldan 99 ball oldi — bu agregator tarixidagi eng yuqori bahodir.




