Kreml Putin va Tramp APEC sammiti doirasida bir necha bor muloqot qilishini maʼlum qildi
Prezident yordamchisi Yuriy Ushakov Vladimir Putin va Donald Tramp APEC sammiti doirasida bir necha bor muloqot qilishi, ehtimol, bu hatto 18 noyabr kechqurun boʻlishi mumkinligini aytdi.
18-noyabr, 16:43

The White House / Wikimedia Commons
Ushakovning soʻzlariga koʻra, prezidentlar tantanali tushlik vaqtida uchrashishi mumkin, biroq buning uchun unda barcha yetakchilar yigʻilishi kerak. U suhbat rasmiy formatdagi alohida ikki tomonlama uchrashuvsiz oʻtkazilgan taqdirda ham toʻlaqonli boʻlishini taʼkidladi.
Prezident yordamchisi, shuningdek, Putin va Tramp APEC sammiti davomida bir necha bor muloqot qila olishi kutilayotganini qayd etdi.




