Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Sony butun dunyo boʻylab 100 mln.dan ortiq PlayStation 5 joʻnatdi

Sony Interactive Entertainment maʼlum qilishicha, PlayStation 5’ning butun dunyo boʻylab yetkazib berilgan konsollari soni 2026-yil 10-noyabrga kelib 100 mln.dan oshgan.

12-noyabr, 21:34
Republish · Skrypnykov Dmytro / Shutterstock

Sony konsollarning chakana savdoga joʻnatmalarini hisobga oladi. 2026-yil iyul–sentyabr oylarida kompaniya 2,6 mln dona PS5 yetkazib berdi, aprel–iyun oylarida esa bu koʻrsatkich 1,6 mln donani tashkil etdi. Bir yil avvalgi shu olti oyda jami 6,5 mln dona konsol yetkazib berilgan.

Sony statistikasi boʻyicha, avvalgi PlayStation 4’ning joʻnatilgan qurilmalari soni 117 mln.dan oshgan. Kompaniya konsollari orasidagi eng yuqori koʻrsatkich esa PlayStation 2’ga tegishli — 160 mln.dan ortiq.

PS5 yetkazib berish hajmining 100 mln.dan oshishi Grand Theft Auto VI chiqishidan oldingi haftaga toʻgʻri keldi. Rockstar Games oʻyinni 19-noyabr kuni PlayStation 5 va Xbox Series X|S uchun chiqaradi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media