Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Olimlar sunʼiy intellekt oʻz fikrlarini taniy oladimi-yoʻqmi, tekshirdi

Tadqiqotchilar neyron tarmoqlar ichki jarayonlarini kuzata oladimi-yoʻqmi, tekshirmoqda, deb xabar bermoqda Quanta Magazine.

9-noyabr, 15:54
Republish · SI

Inson oʻz fikrlarini sezishi mumkin — masalan, xayolida muayyan obraz paydo boʻlganini anglaydi. 2025 yilda Anthropic tadqiqotchisi Jek Lindsi neyron tarmoqlar ham ichki jarayonlarini shunga oʻxshash tarzda kuzata oladimi-yoʻqmi, aniqlash uchun Claude bilan tajriba oʻtkazdi.

Neyron tarmoqqa muayyan tushunchalar bilan bogʻliq signallar sunʼiy ravishda kiritildi, soʻng undan bu aralashuvni sezgan-sezmaganini soʻrashdi. Sinovlarning 20 foizida modelning eng kuchli versiyasi signal mavjudligini toʻgʻri aniqlab, uning mazmunini tasvirlab berdi.

Keyingi tadqiqotlar noodatiy faollikni aniqlash har doim ham uning sababini tushunishni anglatmasligini koʻrsatdi. Neyron tarmoqlar oʻz faoliyatidagi oʻzgarishlarni sezishi mumkin, ammo ularni har doim ham tushuntira olmaydi.

Olimlar taʼkidlashicha, natijalar sunʼiy intellektda ong mavjudligini isbotlamaydi, biroq oʻzini kuzatish mexanizmlarini oʻrganishga yordam beradi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media