Uzbekistan Airways Guanchjou yoʻnalishidagi parvozlar sonini oshirmoqda
Aviakompaniya 3-oktabrdan boshlab poytaxtdan Xitoyning yirik biznes markaziga amalga oshiriladigan qatnovlar jadvalini zichlashtirishni rejalashtirmoqda.

Tasvir sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan va hujjatli surat emas
Kompaniya maʼlumotiga koʻra, Xitoyning ushbu shahriga samolyotlar endilikda haftaning chorshanba, juma hamda yakshanba kunlari parvoz qiladi. Bu esa xizmat safari yoki sayohatga chiquvchilar uchun qatnov kunlarini tanlashda qoʻshimcha qulaylik yaratadi.
Mazkur yoʻnalishdagi chiptalarni tashuvchining rasmiy veb-sayti, maxsus dasturi, shuningdek savdo shoxobchalari va vakolatli agentliklar orqali rasmiylashtirish mumkin.
Reklama
ReklamaReklama beruvchilar uchun
Manba: Uzbekistan Airways